Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senator Mir-Akbar Rahmonqulov vafot etdi

Senator Mir-Akbar Rahmonqulov vafot etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori, Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mir-Akbar Rahmonqulov  74 yoshida vafot etdi.

Mir-Akbar Rahmonqulov O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, Xavfsizlik kengashi kotibi, Davlat maslahatchisi sifatida ham ishlagan.

Mir-Akbar Rahmonqulovning xizmatlari davlat tomonidan yuksak e’tirof etilgan. U 1998 yilda “II darajali Shon-sharaf” ordeni, 2002 yilda esa “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan edi.

Xabar.uz jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring