Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahobiddin Zoirov bugun professional boksda ilk jangini o‘tkazadi

Shahobiddin Zoirov bugun professional boksda ilk jangini o‘tkazadi

Foto: «Olympic.uz»

Rio Olimpiadasi qahramonlaridan biri, hamyurtimiz Shahobiddin Zoirov bugun professional boksda o‘zining debyut jangini o‘tkazadi. Yurtdoshimizning mazkur bahsi BAAda tashkil qilinadi. Bu haqila Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati tomonidan xabar qilingan.

Zoirov «MTK» promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan. Uning debyut jangdagi raqibi indoneziyalik Entoni Xolt bo‘ladi. Ma’lumot uchun, Xolt shu paytgacha 10 ta jang o‘tkazgan va ularning 5 tasida g‘alaba qozongan. Shuningdek, uning hisobida 4 mag‘lubiyat va 1 durang ham bor.

Bo‘lajak bahsda yurtdoshimiz ringga quyidagi libosda chiqib keladi.

Kecha jangdan avval matbuot anjumani va vazn o‘lchash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtimiz 54,88 kg, uning raqibi esa 54,38 kg vaznda, deya qayd etilgan. Bugungi jangda yurtdoshimizga omad tilaymiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring