Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shahram G‘iyosov sobiq chempion bilan jang qiladi

Shahram G‘iyosov sobiq chempion bilan jang qiladi

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov (8 ta g‘alaba, 6 ta nokaut) avgust oyida o‘zining 9-jangini o‘tkazadi. Bu haqda «GoSport» xabar berdi.

24-avgust kuni Meksikada bo‘lib o‘tadigan jangda G‘iyosovga sobiq Jahon chempioni Darlis Peres (34 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat, 2 ta durang, 22 ta nokaut) raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, 35 yoshli Peres 10 yildan buyon professional boksda faoliyat yuritib keladi. Shu paytgacha u 4 bor yutqazgan bo‘lsa, barchasida kuchli raqiblar Yuriokis Gamboa, Entoni Krolla, Lyuk Kempbell va marhum Maksim Dadashevga imkoniyatni boy bergan. U, shuningdek, super yengil vazn toifasining WBO chempionlik kamari sohibi Moris Hukerga qarshi jangda durang natija qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi marta G‘iyosov 26-aprel kuni Inglvudda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida amerikalik Emanuel Teylorni (20 ta g‘alaba, 6 ta mag‘lubiyat, 14 ta nokaut) mag‘lubiyatga uchratib, WBA International chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring