Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahrisabz shahriga yangi hokim tayinlandi

Shahrisabz shahriga yangi hokim tayinlandi

Bugun xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. 

Sessiyada deputatlar Bo‘riyev Sherzod Axadovichni Shahrisabz shahar hokimi lavozimiga tasdiqladi.

Sherzod Bo‘riyev 1982-yilda Shahrisabz tumanida  tug‘ilgan. U Qarshi davlat universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan.

Tayinlovga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.


Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring