Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni Putin bilan uchrashadi

Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni Putin bilan uchrashadi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyov shu yilning 9 iyun kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi. Davlat rahbarlari ShHT sammiti doirasida ikki yoqlama uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan.

— O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy, Pokiston Prezidenti Mamnun Hussaynlar bilan suhbat o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz, — degan Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov jurnalistlarga.

O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati ShHT doirasidagi uchrashuvlar haqida hozircha ma’lumot bergani yo‘q. Eslatib o‘tamiz, Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti Xitoyning Sindao shahrida 9-10-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring