Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi.

Davlat rahbari G‘uzor tumanida barpo etilgan Uzbekistan GTL zavodini ishga tushirish marosimida ishtirok etadi.

Yangi korxona GTL, ya’ni  «gazni - suyuqlikka» texnologiyasi asosida yiliga 3,6 mlrd. metr kub tabiiy gazni qayta ishlab, 1,5 mln. tonna tayyor mahsulotlar - aviakerosin, dizel yoqilg‘isi, nafta, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Bunday zavod shu paytgacha jahonda faqat 4 ta davlatda – Qatar, Nigeriya, JAR va Malayziyada barpo etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring