Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev bugungi siyosatning bosh maqsadini aytdi

Shavkat Mirziyoyev bugungi siyosatning bosh maqsadini aytdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi Xirmontepa mahallasiga tashrif buyurdi.

Ma’lumki, mamlakatimizda «Obod qishloq» dasturi asosida qishloq joylar tartibga keltirilmoqda. Endi shaharlar uchun «Obod mahalla» dasturi ishlab chiqilmoqda.

Xirmontepa mahallasi tajriba tariqasida ushbu konsepsiya asosida obod qilindi. Hududda joylashgan 24 ta ko‘p qavatli uy ta’mirlandi. Mahalla idorasi xodimlari, profilaktika inspektorlari uchun bino, kommunal to‘lovlar shoxobchasi, bolalar va sport maydonchalari barpo etilmoqda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va bemorlarga yordam berilmoqda.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlat rahbari mazkur mahalla faollari, ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi va bolalar bilan suhbatlashdi.

— Odamlarning yuragiga qo‘l solib, ularni rozi qilish siyosatimizning bosh maqsadidir, — dedi Shavkat Mirziyoyev. — Biz shu tarzda hamma mahallalarni birma-bir obod qilamiz. Xalqimiz rozi bo‘lib yashashi uchun zarur sharoit yaratamiz.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring