Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Hindistonning yangi prezidentini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Hindistonning yangi prezidentini tabrikladi

Draupadi Murmu

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Bxaratiya janata parti» hukmron partiyasi boshchiligidagi Milliy-demokratik alyansidan nomzod Draupadi Murmuga Hindiston Respublikasining Prezidenti etib saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Davlatimiz rahbarining maktubida  birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali, uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli aloqalar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tirilishiga ishonch bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Hindistonda hukmron Bharatiya Janata partiyasi (BJP, Hindiston xalq partiyasi) boshchiligidagi Milliy demokratik alyans a’zosi Draupadi Murmu yangi prezident va mamlakat tarixidagi bu lavozimdagi ikkinchi ayol bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring