Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Pokistonga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Pokistonga jo‘nab ketdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharifning taklifiga binoan 5-fevral kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Avval xabar qilinganidek, Islomobod shahrida oliy darajadagi muzokaralar va Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston – Pokiston do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.

Sammit yakunida Qo‘shma deklaratsiya va ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolanishi rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida qo‘shma biznes forumi va boshqa tadbirlarda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring