Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti va xalqiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti va xalqiga hamdardlik bildirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kemerovo shahrida ro‘y bergan yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga maktub yo‘llab, Rossiya xalqi, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Kemerovo shahri markazidagi savdo kompleksida ehtiyotsizlik oqibatida kelib chiqqan yong‘in tufayli 53 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Ularning 9 nafari bolalar. Shuningdek, 16 kishi bedarak yo‘qolgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring