Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Turkiyada ham yil odami deb topildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyada ham yil odami deb topildi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning «Tursomoney» moliyaviy-iqtisodiy jurnali tomonidan «Yilning xorijiy davlat arbobi» nominatsiyasida  e’tirof etildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Mirziyoyevning Markaziy Osiyodagi tashabbuslari, Turkiya bilan har tomonlama munosabatlari va boshqa islohotlari asos qilib olingan.

«Turkiyaning yetakchi davlat arbobi» nominatsiyasida esa Turkiya sobiq bosh vaziri va hozirgi parlament spikeri Binali Yildirim e’tirof etilgan.

Mazkur reyting ikki asosiy («Yilning xorijiy davlat arbobi» va «Turkiyaning atoqli davlat arbobi») nominatsiya va 6 ta yo‘nalish bo‘yicha belgilanadi. Kollegial komissiya va jyuri qarori Turkiya hamda chet el siyosatchilari, biznes vakillari faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish asosida qabul qilinadi. Jyuri tarkibiga jurnal ekspertlari, Turkiya hukumati va parlamenti a’zolari, mamlakat mintaqalari vakillari kiradi.

Eslatib o‘tamiz, 21-dekabr kuni Osiyo jurnalistlari assotsiatsiyasi Shavkat Mirziyoyevni siyosiy yo‘nalishda yil odami deb e’lon qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring