Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shlagbaum va post xodimini urib qochgan haydovchi ushlandi

Shlagbaum va post xodimini urib qochgan haydovchi ushlandi

Foto: «iiv.uz»

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 16-iyul kuni noma’lum shaxs boshqaruvidagi oq rangli «Neksiya» rusumli avtomashinani Chig‘atoy qo‘rg‘oni hududida joylashgan «Minsuvlar» blok postiga haydab kelib, shu yerda o‘rnatilgan temir to‘siqli shlagbaumni urib yuborib, voqea joyidan yashiringan.

Hodisadan postda xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimi A.I jarohat olgan va shifoxonaga yotqizilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida oq rangli «Neksiya» avtomashinasini Toshkent tumani Ko‘ksaroy qo‘rg‘onida yashovchi B.B. boshqarganligi aniqlanib, qo‘lga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring