Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

1 milliard so‘mlik grantga ega bo‘lgan rejissyor chol va kampir haqida film suratga oladi

1 milliard so‘mlik grantga ega bo‘lgan rejissyor chol va kampir haqida film suratga oladi

Foto: «uzanalytics.com»

«Choy» qisqa metrajli filmi bilan Xalqaro festivallarda g‘olib bo‘lgan yosh rejissyor Shokir Xoliqovga «O‘zbekkino» milliy agentligi tomonidan 1 milliard so‘m miqdoridagi grant taqdim etilgan edi.

«Yosh kinoijodkorlar laboratoriyasi»da «O‘zbekkino» Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tgan yosh kinoijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvda Shokir Xoliqov ijodiy rejalari haqida so‘zladi.

Shokir Xoliqov o‘ziga ajratilgan Grantga yoshlar haqida emas, o‘zi o‘ylagan g‘oyasi haqida film qilishga «O‘zbekkino» Milliy agentligidan ruxsat so‘radi.

«Menga o‘zim his qilgan mavzuda film olishga imkon berishingizni so‘rayman. Sertifikatda belgilangan mavzuda, o‘zim his qilmagan mavzuda ishlagan filmim odamlarga yoqadi deb o‘ylamayman»,- dedi «Choy» rejissyori.

«O‘zbekkino» Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov Shokir Xoliqovning bu taklifiga e’tirozi yo‘qligini bildirgan.

Avvalroq Shokir Xoliqovning «Choy» filmi Kann kinofestivalida Gran pri mukofotiga sazovor bo‘lganidan so‘ng oddiy servis bilan taqdirlangani ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring