Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shvarsenegger: «Gubernatorligimda hamma poyimga tiz cho‘kardi, endi esa...»

Shvarsenegger: «Gubernatorligimda hamma poyimga tiz cho‘kardi, endi esa...»

Odamlar! Amalingizga ham, kuchingizga ham, pulingizga ham ishonmang, hammasi o‘tkinchi!

Foto: AR

Mashhur aktyor Arnold Shvarsenegger o‘zining bronza haykali yonida uxlayotgani tasvirlangan suratni ommaga e’lon qildi va uning tagida quyidagicha izoh qoldirdi: «Zamon qanchalik o‘zgarib ketdi... Men Kaliforniya gubernatori bo‘lgan paytim shu mehmonxonani shaxsan o‘zim ochib bergandim. O‘shanda mehmonxona ma’muriyati qachon kelishimdan qat’i nazar aziz mehmon ekanligimni, men uchun alohida xona bepul taqdim etilishini bildirishgandi. Gubernatorlik lavozimidan ketganimdan keyin mehmonxonaga kelsam, menga xona berishdan bosh tortishdi va pul to‘lashimni so‘rashdi. Bu holatni ular mehmonxona juda ommabop bo‘lib ketganligi tufayli shunchaki xona bera olmasliklari bilan izohladilar».

Shundan so‘ng Arnold Shvarsenegger ko‘rpa-yostiq olib kelganicha mehmonxona yonidagi o‘z haykali yonida uxladi va bu harakati orqali odamlarga quyidagilarni tushuntirmoqchi ekanligini bildirdi: «Men amaldor paytimda hamma meni maqtar, xushomad qilardi. Amaldan ketganimdan keyin go‘yoki meni unutdilar va bergan va’dalarini bajarmadilar. Odamlar! Amalingizga ham, kuchingizga ham, pulingizga ham ishonmang, hammasi o‘tkinchi!».

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring