Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marhum gapira oladi. Shvetsiyada vafot etgan odamlarning elektron nusxasi yaratiladi

Marhum gapira oladi. Shvetsiyada vafot etgan odamlarning elektron nusxasi yaratiladi

Inson ongini kompyuterga ko‘chirib o‘tkazish g‘oyasi amalga oshadimi?

Foto: «Hi-News»

Inson ongini kompyuterga ko‘chirib o‘tkazish g‘oyasi necha yillardan buyon fantast-yozuvchilar va rejissyorlarning filmlarida yaratilib kelinadi. Biroq Shvetsiyaning «Feniks» dafn marosimlari bilan shug‘ullanuvchi byurosi vafot etgan odamlarning maksimal darajada o‘xshash nusxalarini yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi, deb xabar berdi «Hi-News».

«Barchasi bizning mutaxassislarimiz tomonidan dafn marosimini tashkillashtirish borasida mijozlarimizning savollariga javob beradigan ovozni — maxsus dasturni yaratishdan boshlandi. Aynan o‘sha vaqt biz ushbu texnologiyani yanada rivojlantirishni o‘yladik. Biz uni vafot etganlarning ovozini o‘xshata oladigan qilib o‘zgaritishga qaror qildik. Shundan so‘nggina marhumning elektron nusxasini yaratishga urinib ko‘rmoqchimiz», — deydi byuro direktori Sharlotta Runius.

Loyihaning birinchi bosqichida sun’iy intellekt yordamida marhumning ovozi yaratiladi, u o‘ziga berilgan oddiy savollarga javob qaytarishga qodir bo‘ladi. Byuro rahbariyati hatto vafot etgan odamning xuddi o‘zidek ko‘rinishga ega robotlarni yaratishni ham rejalashtirmoqda.

Ayni vaqtda kompaniya o‘z loyihasida ishtirok etishni istovchi ko‘ngillilarni qidirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring