Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

So‘xlik yoshlar «Tashkent Sity»da ishli bo‘ldi

So‘xlik yoshlar «Tashkent Sity»da ishli bo‘ldi

Koronavirus pandemiyasi tufayli xorijga chiqish imkoniyati yo‘qligi bois, minglab so‘xlik yoshlar tumanda qolishdi. Chunki ular har yili ishlash uchun asosan Rossiya federatsiyasining turli shaharlarga borib kelishardi. Ishsizlik muammosi Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida tumanda bo‘lib o‘tgan faolllar yig‘ilishida ham alohida qayd etildi.

Tumandagi mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida davlat rahbarining topshirig‘i bilan tumanga kelgan ishchi guruh a’zolari tomonidan ishsizlar soni aniqlanib, ularni doimiy ish joyi bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda, deyiladi So‘x tumani hokimligi axborot xizmati xabarida.

Foto: So‘x tumani hokimligi axborot xizmati

Qayd etilishicha, faollar yig‘ilishida Bosh vazir tomonidan 500 nafar so‘xlik yoshlarni Toshkent shahridagi qurilishlarga safarbar etish ta’kidlangan. Bugun tuman markazida ro‘yxatga olingan 230 nafar yoshlarning birinchi guruhi avtobuslar orqali Farg‘ona shahriga jo‘nab ketishdi. Ular Farg‘onadan Toshkent shahriga – Tashkent Sity tomon yo‘l olishadi.

Poytaxtimizdagi qurilish ishlariga jalb etilgan so‘xlik vatandoshlarimiz uchun tashkilotchilar tomonidan zaruriy shart-sharoitlar yaratib berilib, ularning maoshlari vaqtida to‘lanishi ham nazoratga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring