Soyabon orqali sodir etilgan jinoyat yoki Georgiy Markovning sirli o‘limi

Georgiy Markov – Bolgariyada mashhur bo‘lgan yozuvchi va dramaturg, bir paytlar hukumat rahbari Todor Jivkovning oilasiga yaqin inson bo‘lgan.
U katta nashriyotlarda ishlagan, madaniyat vaziri bo‘lgan Lyudmila Jivkova bilan do‘st edi. Lekin Markov kommunistik rejimni ochiq tanqid qila boshlaganidan so‘ng, hokimiyat bilan munosabati buziladi.
1969-yili Italiyaga sayohatga chiqqan Markov Vatanga qaytmaslikka qaror qiladi. U Buyuk Britaniyada yashay boshlab, BBC, Deutsche Welle va Radio Free Europe orqali Bolgariyadagi rejimni qat’iy tanqid qila boshlaydi. O‘z chiqishlarida Todor Jivkovni ham fosh qiladi.
1978-yil 7-sentyabr kuni, Londondagi Vaterloo ko‘prigi yaqinida Markovning yelkasiga kimdir yengilgina turtib o‘tadi. U buni oddiy to‘qnashuv deb o‘ylaydi. Lekin oradan bir necha soat o‘tgach, harorati ko‘tariladi, ahvoli og‘irlashadi. Shifoxonaga yotqizilgan Markov 4 kundan so‘ng vafot etadi.
Vaqtincha tushunarsiz bo‘lib turgan o‘lim sababi keyinchalik patologoanatom tomonidan aniqlanadi: Markovning oyog‘idan millimetrdan kichik, ko‘zga ko‘rinmas metall kapsula topiladi. Uning ichida esa ritsin — o‘ta kuchli zahar bo‘lgan. Ushbu kapsula soyabonning maxsus maxfiy mexanizmi orqali otilgan.
Soyabon – jomadonsimon qurol bo‘lib, u ichidan pnevmatik (havo bosimida ishlaydigan) tugma orqali zaharli pilyulya “ukol” singari odam teri ostiga yuboriladigan qilib ishlangan. Hech kim shubha qilmaydi, zararlanuvchi esa og‘riqni sezmagan bo‘lishi mumkin.
Buyuk Britaniya maxsus xizmatlari va tarixchilarning fikricha, bu ishni bolgar razvedkasi tashkil qilgan, SSSR KGBsi esa ularga texnik yordam bergan. O‘sha kun, 7-sentyabr Bolgariya yetakchisi Jivkovning tug‘ilgan kuni bo‘lgan. Ba’zilar buni maxsus “sovg‘a” deb baholaydi.
1993-yilda KGBning sobiq generali Oleg Kalugin ushbu operatsiya haqida Skotlend-Yardga ma’lumot bergan. Lekin dalillar yetarli bo‘lmagani bois ish sudga yetmagan. 2013-yilda ish muddati tugagani sababli rasman yopilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter