Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sudlarning 2018-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot nashr etildi

Sudlarning 2018-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot nashr etildi

Yaqinda «O‘zbekiston Respublikasi sudlarining 2018-yildagi faoliyati hisoboti» o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etildi.

Mazkur hisobot O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va BMTning «O‘zbekiston qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlik» taraqqiyoti dasturi yordamida tayyorlandi.

Bu nashr orqali qiziquvchilar fuqarolik, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar, shuningdek, ma’muriy va iqtisodiy sudlar faoliyati yakunlari yuzasidan, bundan tashqari odil sudlovga erishish darajasini oshirish, sudyalarning mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan ishlar bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar olish imkoniyatiga ega.

Mazkur hisobot bilan Oliy sudning rasmiy saytida tanishish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring