Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudyalar oliy kengashi va AOKA o‘tkazayotgan tadbirda Xitoydan turib ishtirok etayotganlar bor

Sudyalar oliy kengashi va AOKA o‘tkazayotgan tadbirda Xitoydan turib ishtirok etayotganlar bor

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) bilan hamkorlikda huquqiy mavzuga ixtisoslashgan OAV vakillari va blogerlar uchun o‘quv-mashg‘uotlari tashkil etayotgani xabari berilgandi.

Bugundan o‘quv-mashg‘ulotlar boshlandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, mashg‘ulotlar bir vaqtning o‘zida ikki shaklda — bevosita va bilvosita (onlayn) o‘tkazilayotgani ishtirokchilar soni ortishiga sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, ishtirokchilar soni va faoliyat yo‘lanilishi chegaralanmagani bois ular orasida professionallardan tashqari talaba yoki havaskor, hatto Shanxay Jurnalistika va kommunikatsiya akademiyasi doktorantigacha bor (Nafosat Tojiboyeva, ayni paytda kun.uz sayti faol muallifi va «Intellekt» loyihasi kordinatori).

O‘quv-mashg‘ulotlarning birinchi kuni, tartib-taomilga ko‘ra, Sudyalar oliy kengashi raisi Xolmo‘min Yodgorov va Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xo‘jayev tadbirdan maqsad-muddaoni muxtasar gaplar bilan ma’lum qildi.

Alohida ta’kid etildiki, o‘quv-mashg‘ulotlar quruq ma’ruzabozlikdan iborat bo‘lishi kerak emas. Bundan samara bo‘lmasligi ayon. Shundan kelib chiqib, ishtirokchilar faollikka chaqirilar ekan, ularning xohish-istaklaridan kelib chiqib mavzuga qo‘shimcha yoki o‘zgartirishlar kiritilishida muammo yo‘q. Zero, mavzu nomi uzunligiga yarasha («Sud mustaqilligi va so‘z erkinligi: sud protsesslarini yoritishning o‘ziga xos jihatlari hamda bu borada amaldagi qonunchilik talablari») qamrovi keng.

Ilk o‘quv-mashg‘ulotlari ommaviy axborot vositalarida sud protsesslarini yoritishning o‘zi xos jihatlari, bu jarayonda jurnalist va blogerlarning huquq va majburiyatlari tartibga solingan qonun hujjatlari xususida so‘z yuritildi.

Keyingi mashg‘ulotlar mavzusi axborot xavfsizligi masalalalariga bag‘ishlanishi ma’qullandi. Unga parlamentning quyi palatasi deputati, taniqli adib va jurnalist, filologiya fanlari doktori Xurshid Do‘stmuhammad va Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar unversiteti prorektori Nozima Muratova taklif etildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘quv-mashg‘ulotlari ikki hafta davomida dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 15:00 — 17:00 gacha o‘tkaziladi.

O‘quv-mashg‘ulotlari bepul va unda ishtirok etish chegaralanmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring