Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryoda harbiylarga yangi uylar topshirildi (foto)

Surxondaryoda harbiylarga yangi uylar topshirildi (foto)

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Surxondaryoning Denov tumanida qurib bitkazilgan yangi uylarning kalitlari harbiy xizmatchilarga tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Uylarni topshirish marosimida Denov tumani hokimi Baxtiyor Ibotov, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi vakillarihamda harbiy xizmatchilarning oila a’zolari ishtirok etdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Xayrobod qo‘rg‘onida joylashgan harbiy shaharchada barpo etilgan 48 xonadonga mo‘ljallangan ikki qavatli jami 3 ta uyda harbiylar va ularning oila a’zolari uchun barcha zarur qulayliklar yaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil rejasi bo‘yicha 74 ta uy ipoteka krediti asosida, 21 tasi xizmat uylari sifatida qurilib, harbiy xizmatchilarga tantanali ravishda topshirilmoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring