Internet-narkodo‘kon “omborchisi” qo‘lga tushdi
DXX va Bojxona organlari xodimlari hamkorlikda internet-narkodo‘kon “omborchisi”ni qo‘lga oldi.
Toshkent viloyatining Zangiota tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda oldindan kuzatuvga olingan, 1994-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan fuqaro ushlanib, undan xorijdan yuborilgan suv nasosi qurilmasi tegishli tartibda olib qo‘yildi. Ushbu qurilma xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning ichiga 968 gr «Alfa PVP» sintetik giyohvandlik vositasi yashirilganligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, mazkur fuqaro ijarada yashovchi Toshkent shahridagi Yangihayot tumanidagi xonadondan ham narkotik moddalarni o‘lchash va qadoqlashda foydalaniladigan 2 ta elektron tarozi, “zip” paketlar hamda skotchlar olindi. Aniqlanishicha, u internet-narkodo‘konda “omborchi” vazifasida ishlagan.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter