Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkorlarni taftish qilish muddati 30 kundan oshmasligi belgilandi

Tadbirkorlarni taftish qilish muddati 30 kundan oshmasligi belgilandi

Foto: «Xabar.uz»

«O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Qonunga muvofiq Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni taftish qilish qilish muddati 30 kundan oshmasligi belgilab qo‘yildi. Ilgari taftish muddati belgilanmaganligi tufayli mazkur jarayon oylab davom etishi mumkin edi.

Zarur bo‘lganda bu muddat Bosh prokurorining yoki uning o‘rinbosarining roziligiga ko‘ra yoxud sudning ajrimi bilan yana 30 kunga uzaytirilishi mumkin.

Shuningdek, endilikda tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq faktlar bo‘yicha tadbirkorlarga nisbatan jinoyat ishini qo‘zg‘atishga faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining, viloyatlar va Toshkent shahar yoxud O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosarining roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring