Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirishga hissa qo‘shgan eng ilg‘or davlat organi aniqlandi

Tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirishga hissa qo‘shgan eng ilg‘or davlat organi aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Global tadbirkorlik haftaligi ishtirokchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra "Tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan eng ilg‘or davlat organi" nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Global tadbirkorlik haftaligi 12 yildan beri jahonning 160 mamlakatida har yili o‘tkazib kelinib, uning vazifasi tadbirkorlik ekotizimini yaratish va qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.

GEN (Global Entrepreneurship Network) Global tadbirkorlik tarmog‘i, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Xalqaro biznes va texnologiyalar assotsiatsiyasi, GroundZero kovorkingi va Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi uning O‘zbekistondagi tashkilotchilari hisoblanadi.
2019 yilda o‘tkazilgan Global tadbirkorlik haftaligida 2 mingdan ortiq mehmonlar, 40 dan ortiq mahalliy va xorijiy tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Tashabbus startap, ta’lim, moliya, ayollar tadbirkorligi, biznesni masshtablash va biznesni o‘stirish, turizm, marketing, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari va boshqa ko‘plab sohalarni qamrab oldi.

So‘rov to‘rtta nominatsiya bo‘yicha o‘tkazildi:
1) Tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan eng ilg‘or davlat organi
2) Tadbirkorlar uchun eng qulay moliyaviy yechim
3) Tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirishga yordam ko‘rsatgan eng faol platforma
4) Tadbirkorlarni tayyorlash bo‘yicha eng yetakchi ta’lim muassasasi
5) Eng yorqin va istiqbolli startap

Ovoz berish natijalari:

  • Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi — 102 ovoz
  • Innovatsiyalar vazirligi — 60 ovoz
  • Moliya vazirligi — 29 ovoz
  • Markaziy bank — 28 ovoz
  • Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi — 16 ovoz
  • Kapital bozorini rivojlantirish agentligi — 16 ovoz
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring