Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taftish.uz nashri xodimlari qo‘lga olindi

Taftish.uz nashri xodimlari qo‘lga olindi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda «Taftish.uz» sayti butun tahririyati bilan olib ketilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy axborot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 16 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi va 168-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib bir qator shaxslar protsessual tartibda ushlangan.

Xususan, 1988 yilda tug‘ilgan G‘ayrat Aberayev hamda Taftish.uz internet nashri xodimlari — 1992 yilda tug‘ilgan Azizjon Yuldashev, 2000 yilda tug‘ilgan Sardor Hamidov, 2006 yilda tug‘ilgan Marjona Eshquvvatova va 1998 yilda tug‘ilgan Dilshod Nishonov qo‘lga olingan.

Ayni paytda ushbu shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139-moddasi hamda 244/6-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Rasmiy axborotda holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berilishi aytiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring