Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Talabalar hozircha ikki hafta muddatga ta’tilga chiqarildi

Talabalar hozircha ikki hafta muddatga ta’tilga chiqarildi

Foto: Xabar.uz

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar belgilandi:

  • barcha oliy ta’lim muassasalari (OTM), akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 2020-yil 16-martdan e’tiboran o‘qish to‘xtatilib, o‘quvchi-talabalar ikki hafta muddatga (hozircha) ta’tilga chiqariladi;
  • boshqa viloyatlardan kelib, Toshkent shahrida tahsil olayotgan o‘quvchi-talabalar avtobus, poyezd va samolyotlarda doimiy yashash joylariga qaytishi uchun quyidagi manzillarda imtiyozli chiptalar sotilishi yo‘lga qo‘yiladi:
  •  - O‘zMU, vazirlik huzuridagi «Ma’naviyat va ma’rifat» Markazi, O‘zDJTU, TTA TTJ va o‘quv binosi, TIQXMMI TTJ, TDPU TTJ;
  • vazirlikda, OTMlarda (prorektorlar, fakultet dekanlari, murabbiylardan iborat) shtablar tuziladi va talabalarning ta’tilga chiqishi bilan bog‘liq tashkiliy ishlar muvofiqlashtirib boriladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring