Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanqid «Alibobo» va boshqa IT-gigantlarga juda qimmatga tushdi

Tanqid «Alibobo» va boshqa IT-gigantlarga juda qimmatga tushdi

Foto: «24 Kanal»

«Alibaba»  qiymatni yo‘qotish borasida rekord o‘rnatdi — Jek Ma dunyo bank tartibini «qariyalar klubi» deya ta’riflab, Xitoy moliya tizimini tanqid qilganidan so‘ng oradan bir yil o‘tib (2020-yilning oktyabriga nisbatan) uning kompaniyasi o‘z qiymatining 44 foizini yo‘qotdi. Yo‘qotilgan qiymat — $344,4 mlrd!

Tanqidga qarshi yurish qilgan xitoylik muvofiqlashtiruvchilar «Alibaba»ning sho‘’basi — «Ant Group» moliya-texnologiyalar kompaniyasi aksiyalari ochiq savdosini man etishdi, bosh kompaniyaning o‘ziga esa antimonopol jarima — naq $2,8 mlrd. to‘lash majburiyati yuklandi. O‘sha voqealar avjida Jek Maning sirli ravishda bir necha oyga ko‘zdan g‘oyib bo‘lishi jahon jamoatchiligini tashvishga solib qo‘ydi.

Buyog‘iga domino effektiga guvoh bo‘ldik: Xitoy hukumati burovni shunchalik oldiki, «Alibaba» ortidan Xitoydagi IT-sohaning boshqa gigantlari va tutash sohalar uchun «sichqonning ini ming tanga» bo‘lib qoldi.

Jek Maning tanqididan so‘ng Xitoy  IT-gigantlarining yo‘qotishlari

«Qariyalar klubi» bergan «qimmatli» saboqni Jek Ma bir umrga unutmasligi tayin. Uning imperiyasi avvalgi shuhrati va salohiyatini tiklay oladimi? Nazarimizda bu savol hali ko‘p vaqt ochiq turadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring