Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanzila Norboyeva fohishalikda gumonlangan ayollar suratlari IIV saytlarida e’lon qilinishini tanqid qildi

Tanzila Norboyeva fohishalikda gumonlangan ayollar suratlari IIV saytlarida e’lon qilinishini tanqid qildi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva Ichki ishlar vazirligiga tegishli saytlarda fohishalikda gumonlangan ayollarning suratlari ochiq-oydin e’lon qilinishini tanqid qildi.  U mazkur masala yuzasidan ichki ishlar vaziriga murojaat bilan ham chiqqan.

Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi mazkur fikrni 26-noyabr kuni Toshkentda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha har yili o‘tkaziladigan kampaniya doirasidagi  «Uydagi osoyishtalikdan dunyodagi tinchlikka sari» tadbirida bildirgan.

«Bu inson huquqlarining buzilishi. Men bu masalada ichki ishlar vaziriga ham murojaat qildim», dedi Norboyeva tadbir davomidagi nutqida.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring