Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanzila Norboyeva Qozog‘istonning «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi

Tanzila Norboyeva Qozog‘istonning «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi

Foto: Aqorda

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘lib turibdi. Senat raisi safar doirasida Qozog‘iston parlamenti Senati raisi Maulen Ashimbayev, Majlis raisi Yerlan Koshanov hamda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Foto: Aqorda

Uchrashuvlarda ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik, parlamentlararo hamkorlik va qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Qosim-Jo‘mart To‘qayev Tanzila Norboyevaning O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini rivojlantirish hamda ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishga qo‘shgan shaxsiy hissasini yuksak baholab, 2-darajali «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring