Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taom tayyorlashda rekord o‘rnatish navbati qirg‘izlarga keldi

Taom tayyorlashda rekord o‘rnatish navbati qirg‘izlarga keldi

Foto: «liter.kz»

4-mart kuni Qirg‘izistonning Ala-Too maydonida Oq qalpoq kuni munosabati bilan festival tashkil etiladi. Mazkur tadbirda Ginnes rekordlar kitobiga kirish maqsadida 1000 kilogramm og‘irlikdagi beshbarmoq tayyorlash rejalashtirilgan.

Qirg‘izlarning mazkur milliy taomini pishirishda ushbu davlatdagi barcha elat vakillari qatnashadi. “kg.akipress.org”ning yozishicha, festivalda, shuningdek, milliy libos kiygan ikki yuz kishilik tantanali namoyish o‘tkaziladi.

Tadbirga mamlakat bosh vaziri, Jogorku Kenesh spikeri, Bishkek shahri meri hamda elchilar kelishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring