Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tashabbus» ko‘rik-tanlovining Navoiy viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi

«Tashabbus» ko‘rik-tanlovining Navoiy viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkaziladigan  «Tashabbus» ko‘rik-tanlovining qamrov doirasi tobora kengayib bormoqda. Bu mazkur tadbirning yaqinda bo‘lib o‘tgan Navoiy viloyat bosqichida ham o‘z isbotini topdi.

Unda viloyatning tuman va shaharlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan tadbirkorlar qatnashib,  «Sanoat sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori»,  «Xizmat ko‘rsatish sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori», «Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori», «Yilning eng yaxshi hunarmandi»,  «Yilning eng yaxshi fermeri» deb atalgan asosiy yo‘nalishlar hamda eng yaxshi tadbirkor ayol, eng yaxshi innovatsion loyiha, eng yaxshi eksportchi, eng yaxshi oilaviy biznes sohibi, yilning eng yaxshi mahsuloti nominatsiyalari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

-Bu yilgi tanlovning tuman va shaharlar bosqichida 700 dan ortiq tadbirkorlar o‘zaro bellashdi,- deydi savdo sanoat palatasi Navoiy viloyat bo‘limi raisi Dilshod Shakarov.-Bugungi viloyat bosqichida barcha tuman, shaharlardan kelgan 48 nafar tadbirkor ishtirok etdi.

Foto:«Xabar.uz»

Bir tomonda mahobatli binolar qurilishi maketlari, yana bir tomonda noyob tuya qushlar raqsi, ipaklari tillodan nafis kashtalar, yangi innovatsion yondashuvlarni o‘zida mujassam etgan esdalik sovg‘alari sifatida tayyorlangan betakror gullar o‘lkasiga ko‘zingiz tushadi. 

Karmanalik ilg‘or fermer ayol- ko‘p tarmoqli «Vohid Muso» fermer xo‘jaligi raisi,  «Eng ilg‘or fermer» ko‘krak nishoniga sazovor bo‘lgan Yulduzxon Yarqulova 2 gektar bog‘ egasi, 1000 bosh broller tovug‘i, 50 ta g‘oz va o‘rdagi, 200 ta indyuk, 100 ta bedana, 55 gektar paxta, 55 gektar g‘allasi bor. 96 tup limonzorga ega, issiqxonada pomidorlar pishib yetilgan. Uning xizmatlari  «Yilning eng yaxshi fermeri» deb atalgan asosiy yo‘nalishda 3-o‘ringa munosib deb topildi.

Zarafshonlik yakka tartibdagi tadbirkor Umida Sayfiyeva ham «Yilning eng yaxshi hunarmandi» asosiy yo‘nalishi bo‘yicha 3-o‘rin sohibi deb e’lon qilindi.

Foto:«Xabar.uz»

Navoiy viloyat hokimi, senator Qobuljon Tursunov  «Sanoat sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori» birinchi o‘ringa munosib deb topilgan Navoiy shahridagi «ZARAFSHAN GOLDEN GROUP» kompaniyasiga, «Xizmat ko‘rsatish sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori» birinchi o‘ringa sazovor bo‘lgan- Navoiy shahridagi  «Trayding servis» korxonasiga, «Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori” birinchi o‘rin sohibi- zamonaviy intensiv baliqchilik faoliyati bilan shug‘ullanadigan  «Eksport Fish Produkt» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga,  «Yilning eng yaxshi hunarmandi» birinchi o‘rin g‘olibligini qo‘lga kiritgan – nurotalik yakka tartibdagi tadbirkor Gulmira Islomovaga, «Yilning eng yaxshi fermeri» birinchi o‘rin sohibi –Navbahor tumanidagi  «Safo sevdi» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligiga sovrindorlik diplomlari va qimmatbaho esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Foto:«Xabar.uz»

Bundan tashqari, viloyatga xorijlik sayyohlar oqimini ko‘paytirish va ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Qiziltepa tumanidagi To‘dako‘l suv havzasining janubiy qirg‘og‘idan 14 gektar yer ajratilib, u yerda  «Al Aziz» ekoturistik majmuasini barpo etish uchun barcha loyiha va smeta hujjatlari tayyorlangan. Mustaqilligimizning 28 yilligiga to‘yona sifatida ushbu ekoturistik markazning birinchi bosqichi qurilish ishlari amalga oshiriladi. Bu esa yana qo‘shimcha 20 ta yangi ish o‘rni demakdir.

Marusa Hosilova

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring