Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tashqi ishlar vazirligi saytida tojik tilida alohida bo‘lim ochildi

Tashqi ishlar vazirligi saytida tojik tilida alohida bo‘lim ochildi

Skrin: «Xabar.uz»

Kecha, 9-mart kuni Tashqi ishlar vazirligi veb-saytining bosh sahifasida yangi bo‘lim ishga tushirildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu bo‘lim tojik tilidagi o‘quvchilarga o‘z ona tillarida O‘zbekistondagi asosiy siyosiy voqealar bilan tanishish imkonini beradi. Bo‘lim 1924-yildan buyon chop etilayotgan «Ovozi tojik» («Ovozi toҷik») — O‘zbekiston Oliy Majlisi va Hukumati gazetasining faol ko‘magida tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi to‘g‘risidagi yangilik dastlabki ma’lumotlardan biri sifatida ushbu bo‘limga joylashtirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring