Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

TATU talabalari «Orolga yordam» loyihasida ishtirok etishdi

TATU talabalari «Orolga yordam» loyihasida ishtirok etishdi

Foto: «tuit.uz»

Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida «Orolga yordam» (HelptoAral) loyihasi bo‘lib o‘tdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti matbuot xizmatining xabar berishicha, AQShning  «The World Aral Region Charity» nodavlat notijorat tashkiloti, «Mo‘’jizalar davri» tashabbuskor yoshlar guruhi, O‘zbekiston Respublikasining Ekologik partiyasi, TATU talabalari loyihaning tashkilotchilari hisoblanib, uning maqsadi — Amerika hamda o‘zbekistonlik yoshlar birgalikda Orol dengizi hududida istiqomat qiluvchi insonlarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, Orolbo‘yi hududi yoshlarining ekologik ta’limini rivojlantirishdan iborat.

Loyiha davomida Xorazm viloyatining uchta tumanida (Bog‘ot, Shovot, Yangiariq) soatiga 500 litr suvni tozalovchi maxsus filtrlar o‘rnatildi. Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanidagi 2-sonli maktab hamda Xorazm viloyating yuqorida ko‘rsatilgan maktab o‘quvchilari uchun ekologik treninglar, master-klasslar, atrof-muhitni asrash bo‘yicha interaktiv o‘yinlar o‘tkazildi. Qolaversa, har bir maktab hududida hasharlar tashkil etildi va 500 dan ortiq daraxt ko‘chatlari ekildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring