Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

TATUda bitiruvchi magistrlarga diplom topshirildi

TATUda bitiruvchi magistrlarga diplom topshirildi

Foto: «Mitc.uz»

Bugun, 27-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistrlariga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda sohaning yetakchi korxona va tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Foto: «Mitc.uz»

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sodiqov magistrlarni tabriklab, «ishonamanki, yaqin kelajakda orangizdan xalqaro ahamiyatga ega IT-kompaniya rahbarlari, olimlar, «sun’iy idrok», robototexnika kabi zamonaviy yo‘nalishlarda yetakchi ekspertlar, vazirlik va idoralarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga hissa qo‘shadigan rahbarlar yetishib chiqadi», – dedi o‘z chiqishida.

Foto: «Mitc.uz»

Magistrlar, shuningdek, ota-onalar so‘zga chiqib, o‘z navbatida, vazirlik hamda universitet rahbariyatiga, ustozlarga, ota-onalarga buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy nomidagi mazkur oliygohda ta’lim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, ilmiy-ta’limiy muhit uchun minnatdorchilik izhor etdilar.

Universitetda 2019 yilda 14 ta mutaxassislik bo‘yicha jami 161 nafar yoshlar dissertatsiyalarni muvaffaqiyatli himoya qilib, «Magistr» unvoniga ega bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring