Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tohir Kapadze nafaqaga chiqdi

Tohir Kapadze nafaqaga chiqdi

Foto: www.the-uff.com

Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida Farg‘ona futboli rivojiga uzoq yillar davomida katta hissa qo‘shib kelgan, Farg‘ona viloyati futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Tohir Kapadzeni nafaqaga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘FA rahbariyati Tohir Veysalovich Kapadzega futbol sohasidagi uzoq yillik samarali faoliyati va fidoiy mehnati uchun minnatdorchilik bildirib, tashakkurnoma taqdim etdi.

Foto: O‘FA rasmiy sayti

Shuningdek, milliy an’analarimizga muvofiq Tohir Kapadzega zarbof to‘n kiydirildi. Bundan tashqari O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi nomidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring