Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tokio-2020: Ulug‘bek Rashitov yarim finalga chiqdi!

Tokio-2020: Ulug‘bek Rashitov yarim finalga chiqdi!

Taekvondochimiz Ulug‘bek Rashitov Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirmoqda. Biroz avval u yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Mali va Janubiy Koreya vakillarini ortda qoldirgan Rashitov chorak finalda eronlik Mirhoshim Hossaynidan 34:22 hisobida ustun kelib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi vakilimiz final uchun Bosniya va Gersegovina vakili Nedzad Xushichga qarshi dayanga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Rashitov chorak finalda uch karra jahon chempioni koreyalik Li De Xuni mag‘lub etdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring