Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» o‘qiga uchgan qiz ona shahriga qaytdi

«Tolibon» o‘qiga uchgan qiz ona shahriga qaytdi

Yusufzayga Nobel mukofoti 2014 yilda berilgan.

Foto: «top-antropos.com»

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori, ayollarning haq-huquqlari va ta’lim olishi uchun kurashuvchi pokistonlik Malala Yusufzay ona vataniga qaytdi. Bu yigirma yashar qizning «Tolibon» tomonidan yaralanganidan keyingi ilk tashrifidir. Bu haqda «BBC» sayti xabar qilgan.

«Bu tuproqqa yana bir bor qadam qo‘yganimdan juda mamnunman. Bu juda hayajonli…», — deya ta’kidlagan Malala «BBC»ga bergan intervyusida.

Bugun, 31-mart kuni Malala uchib kelgan va qattiq qo‘riqlanayotgan vertolyot uning oilasi yashovchi Mingora shahri yaqiniga qo‘ngan.

Malala Yusufzay 2012-yilning 9-oktyabrida Pokistonda toliblar vakili otgan o‘qlardan qattiq yaralangan edi. Bungacha u o‘zining «BBC» uchun yozgan kundaliklari bilan mashhur bo‘lgan. Bu kundaliklarda jangarilar qo‘l ostidagi hayoti tafsilotlari, ayollarning ta’lim olishi bilan bog‘liq muammolar bayon etilgan. Yusufzayga Nobel mukofoti 2014-yilda berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring