Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘qayev Qozog‘istonda motam kunini e’lon qildi

To‘qayev Qozog‘istonda motam kunini e’lon qildi

Foto: «Eadaily.com»

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev koronavirus tufayli vafot etganlar xotirasiga 13-iyulni umummilliy motam kuni deb e’lon qildi. Bu haqda u 8-iyul, chorshanba kuni aholiga murojaatida ma’lum qildi. «Tengrinews» sayti translyasiya qilgan.

«Har bir fuqaromizning qazosi ko‘nglimga og‘ir botadi. Bu virus yaqinlarimizni olib ketyapti. Bugun yaqinlariga aza tutayotganlarga ta’ziya izhor etaman. Shu bois 13-iyulni milliy motam kuni deb e’lon qilaman», — dedi davlat rahbari.

4-iyul kuni Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq yangi cheklovlar joriy etildi. Hududlararo yo‘lovchi tashuvchi avtobuslar harakati cheklandi, ko‘ngilochar, sport va boshqa ommaviy tadbirlar, shuningdek, oilaviy va xotira tadbirlari taqiqlandi. Go‘zallik salonlari, sartaroshxonalar, sport zallari, basseynlar, madaniy va ko‘ngilochar muassasalar yopildi. Fuqarolarning ko‘chalarda, bog‘ va xiyobonlarda harakatlanishi cheklandi — uch kishidan ortiq to‘planish hamda 65 yoshdan oshganlarning harakatlanishi mumkin emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring