Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘rtta hududda koronavirus yuqtirganlar aniqlandi

To‘rtta hududda koronavirus yuqtirganlar aniqlandi

2020-yil 3-avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 26 301 (+235) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 179 nafari Toshkent shahrida, 27 nafari Samarqand viloyatida, 18 nafari Namangan viloyatida hamda 11 nafari Farg‘ona viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 531 nafar, Toshkent viloyatida 114 nafar, Samarqand viloyatida 26 nafar, Andijon viloyatida 22 nafar, Surxondaryo viloyatida 20 nafar, Namangan viloyatida 19 nafar, Navoiy viloyatida 14 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 9 nafar, jami 755 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 17 262 (+755) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 880 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring