Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti xodimlari Moskva davlat universitetida malaka oshirmoqda

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti xodimlari Moskva davlat universitetida malaka oshirmoqda

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyati universitetda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilardan iborat xodimlarni M.V.Lomonosov nomli Moskva davlat universitetiga malaka oshirish uchun yubordi.

Xabar berishlaricha, malaka oshirish muddati ikki haftani tashkil etadi. Joriy yilning 5 avgustidan 19 avgustiga qadar jami 15 nafardan iborat professor-o‘qituvchilar Moskva davlat universiteti bilan imzolangan o‘zaro kelishuvga binoan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni modellashtirish, istiqbol ko‘rsatkichlarni hisoblash va tanqidiy tahlil qilishning usul va vositalari bo‘yicha o‘z malakalarini oshiradi.

Ta’kidlanishicha, mazkur xalqaro hamkorlik faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son qarorida belgilangan professor-o‘qituvchilarning yuqori kasbiy mahorat va zamonaviy bilimlarga ega bo‘lishini ta’minlash to‘g‘risidagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring