Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent dengizida ikki kishini otib qochgan shaxs qidirilmoqda

Toshkent dengizida ikki kishini otib qochgan shaxs qidirilmoqda

Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida 12-iyul kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi, «Toshkent dengizi» dam olish maskani ishchisi A.R. (1992-yilda tug‘ilgan) dam olish maskan hududida joylashgan avtoturargohda bezorilik qilgan.

Oqibatda yonida bo‘lgan pnevmatik to‘pponchadan shu avtoturargohda yollanib ishlayotgan M.Z. va F.I.ga o‘q otib jarohat yetkazgan va voqea joyidan qochib ketgan. Natijada jarohat olgan ikki nafar ishchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, A.R.ni ushlash choralari ko‘rilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring