Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent ko‘chalarida raqs tushgan o‘zbekistonlik «Van Damm»ga chora ko‘rildi

Toshkent ko‘chalarida raqs tushgan o‘zbekistonlik «Van Damm»ga chora ko‘rildi

Joriy yilning 6 fevral kuni «O‘zbekistonlik Van Damm yaqinda uzr so‘rab chiqsa kerak» sarlavhasi ostida tarqalgan videotasvirga IIV munosabat bildirdi. Ushbu videolavhada notanish yigit yo‘lning qatnov qismiga chiqib, raqs tushgani tasvirlangan.

Munosabatda aytilishicha, joriy yilning 2 fevral kuni soat 23:10larda Uchtepa tumanida yashovchi fuqaro F.M. «Spark» rusumli transport vositasida Chilonzor tumani, TXAY-Bunyodkor ko‘chasi, Chilonzor metrosi chorrahasiga harakatlanib kelgan va tanishlari orasida o‘ziga e’tiborni tortish maqsadida transport vositalari serqatnov ekanligini bila turib, avtomobillar svetoforining qizil chirog‘i yongan vaqtda yo‘lga yugurib chiqqan va yo‘l o‘rtasida turli jamoat tartibini buzuvchi xatti-harakatlar sodir etgan.

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan fuqaro F.M. Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 3-batal’on xodimlari tomonidan aniqlanib unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 183-moddasi ko‘ra bayonnoma rasmiylashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilib, harakatlanish madaniyatiga amal qilishni so‘raydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring