Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent ko‘chalaridagi moto-patrullar (foto)

Toshkent ko‘chalaridagi moto-patrullar (foto)

Foto: «Feusbuk» / «maslahat.uz»

«Feysbuk»dagi «Maslahat.uz» guruhi a’zolaridan biri post patrul xizmati xodimlarining poytaxt ko‘chalarini kezib yurgani haqida yozib qoldirdi.

«Bugun Toshkent ko‘chalarida mana bunday moto-patrullar uchrayapti. Qiziksak, endi PPX xodimlari nafaqat avtomashinalarda, balki mana shunday mototransport vositalaridan foydalanisharkan.

Foto: «Feusbuk» / «maslahat.uz»

«Maqsadimiz — xalqimizga yanada yaqinlashib, ishonchini qozonib, har qanday sharoitda hamda har yerda: maktab, bog‘cha, istirohat bog‘larida tezkorlik bilan yordam berishdir», — deyishdi xodimlar. Sohadagi bu o‘zgarishlar faqat yaxshilik va ezgulikka xizmat qilsin!

Foto: «Feusbuk» / «maslahat.uz»

Post muallifining qayd etishicha, ushbu suratlarda PPX moto-patrullari bolalar atrofidaligini, o‘z avtomashinasini noto‘g‘ri «parkovka» qilgan otaxonga tanbeh berishayotgani, maktab ma’muriyati iltimosiga ko‘ra, maktab binosi oldida noto‘g‘ri joylashtirilgan mashinalarni tegishli joyga joylashtirish bo‘yicha amalga oshirayotgan tadbirlar, Vetnamlik mehmonlarga shahardagi bir manzilni aniqlashtirishda yordam berayotgan xodimlar aks etgan.

Foto: «Feusbuk» / «maslahat.uz»
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring