Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar sudida blogerlarning «ishi» ko‘rib chiqilmoqda

Toshkent shahar sudida blogerlarning «ishi» ko‘rib chiqilmoqda

Kuni kecha  jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi  Rustambek Karimov (1975-yilda Toshkent shahrida shahrida tug‘ilgan, millati - o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – o‘rta, muqaddam sudlangan, vaqtincha ishsiz) va Tulkun Astanov (1971-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati - o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – o‘rta-maxsus, muqaddam sudlanmagan, vaqtincha ishsiz) ga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqishni boshladi.

Bu haqda «Xabar.uz»ga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati rahbari vazifasini bajaruvchi Aziz Obidov ma’lum qilmoqda.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha sud majlisiga sudya Orif Qlichev raislik qilmoqda.

R. Karimov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 1-qismi, T. Astanov shu moddaning 3-qismi «g» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.

Bugungi sud majlisida sudlanuvchilarning ko‘rsatmalari tinglandi.

Mazkur ochiq sud majlisida mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etayotgani aytilmoqda.

Keyingi sud majlisi 9-sentyabr kuni soat 14.30ga belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring