Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdan doimiy propiska beradigan tashkilotlar yana bittaga ko‘paydi

Toshkentdan doimiy propiska beradigan tashkilotlar yana bittaga ko‘paydi

Foto:«Norma.uz»

Hukumat qarori bilan Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan organlar va davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatda shu paytgacha 78 ta tashkilot mavjud edi. Ro‘yxat bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin. 

So‘nggi marta propiska Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi hamda «O‘zagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyati propiska berish uchun iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari safiga kiritilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring