Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda do‘stini o‘ldirgan kollej o‘quvchisi besh yilga qamaldi (video)

Toshkentda do‘stini o‘ldirgan kollej o‘quvchisi besh yilga qamaldi (video)

Foto: «Sof.uz»

Toshkent yuridik kollejida o‘tgan yilning oktyabr oyida sodir bo‘lgan mudhish voqea — kollej o‘quvchisining o‘z do‘sti tomonidan o‘ldirilishi ko‘pchilikning e’tiborini tortgan edi. Toshkent shahar Uchtepa tuman sudida mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, sudlanuvchiga nisbatan hukm o‘qildi.

«Yoshlar» telekanali ushbu voqea haqida videolavha tayyorladi.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent yuridik kolleji o‘quvchilari S.Saidvohidov, R.Yorqoriyev va A.Parpiboyevlar o‘rtasida janjal kelib chiqadi. Unda S.Saidvohidov qo‘lida pichoq bilan sinfdoshlariga tashlanadi. Oqibatda A. Parpiboyev og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etadi.

Sud hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan besh yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring