Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda feldsherga tahdid qilgan fuqaro sudda javob beradigan bo‘ldi

Toshkentda feldsherga tahdid qilgan fuqaro sudda javob beradigan bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida fuqaro onasi uchun ayol shifokorlarni yuborishni so‘rab feldsherga tahdid qilgani aytilgan videotasvir tarqaldi.

Poytaxt IIBB bergan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, hodisa joriy yil 1-aprel kuni Yunusobod tumanida yashovchi 33 yoshli N.X.  hamda hududiy tez-tibbiy yordam xizmati xodimasi Zlata Gafurova bilan sodir bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro N.X. onasining salomatligi yomonlashganligi sababli tez-tibbiy yordam xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, xabarni qabul qilgan dispetcher – 25 yoshli Zlata Gafurovadan faqat ayol tibbiyot xodimlarini yuborishligini so‘ragan. Dispetcher tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ichki qoidalarda bunday talab belgilanmaganligini ma’lum qilib, shu vaqtda bo‘sh ayol shifokorlar brigadasi bo‘lmaganligi sababli, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun eng yaqin brigadani yuborgan. Fuqaro manzilga yetib borgan brigadada erkak shifokorlarni ko‘rib, ularni uyga kiritmay norozilik bildirgan hamda telefon orqali dispetcherni haqorat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan fuqaro N.X. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi («Haqorat qilish») bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar yakuniy qaror qabul qilish uchun sudga yuborilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring