Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda ikki piyoda halok bo‘ldi

Toshkentda ikki piyoda halok bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahar IIBB poytaxt yo‘llarida piyodalar o‘limiga olib kelgan ikki YTH haqida ma’lumot berdi.

2021 yil 26 iyul kuni taxminan soat 18:30 da Yunusobod tumani Yangi Yunusobod ko‘chasida 1993 yilda tug‘ilgan Sardor X. «Nexia-2» boshqarish davomida yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda – 2004 yilda tug‘ilgan Amir T. badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazilgan, ammo tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramasdan, hayotdan ko‘z yumgan.

2021 yil 27 iyul kuni taxminan soat 13:00 da Yakkasaroy tumanidagi Bobur va Boxodir ko‘chalari kesishmasida «Shacman» rusumli yuk avtomobili haydovisi 1979 yilda tug‘ilgan Burxoniddin K. belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda – 1960 yilda tug‘ilgan Xodjiakbar T. olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

Mazkur holatlar bo‘yicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring