Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ilk bor «GDG-DevFest» dasturchilar festivali o‘tkazildi (foto)

Toshkentda ilk bor «GDG-DevFest» dasturchilar festivali o‘tkazildi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Poytaxtimizdagi Inha universitetida «GDG-DevFes» dasturchilar festivali bo‘lib o‘tdi. Unda dasturchilar, IT-mutaxassislar, sohadagi yangi texnologiya va loyihalar bilan qiziquvchi yoshlar ishtirok etdi.

Mazkur dasturchilar festivali «Google Developers Group» (GDG)ning loyihalaridan biri bo‘lib, mamlakatimizda ilk bor o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar Google kompaniyasining so‘nggi yillardagi eng zamonaviy texnologiyalari va ishlanmalari bilan tanishdi.

Fastival doirasida axborot texnologiyalarining turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan ma’ruza va mahorat darslarida 500 ga yaqin kishi qatnashdi.

Tadbirga Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, Yoshlar ittifoqi raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Sadullayev va boshqalar, shuningdek, xorijlik mutaxassislar ham taklif etildi.

Tadbir davomida malakali mutaxassislar ishtirokida blokcheyndan foydalanish, mobil ilovalarni yaratish, VR/AR texnologiyalarini biznes sohasida qo‘llash va boshqa shu kabi mavzularda ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

Festival doirasida Toshkentdagi Inha universiteti Muzaffar Jalalov va Yoshlar ittifoqi raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Sadullayev hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring