Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TIQXMMIda mashinasoz-ixtirochilar tanlovi o‘tkazildi

TIQXMMIda mashinasoz-ixtirochilar tanlovi o‘tkazildi

Foto: TIQXMMI matbuot xizmati

Ilm-fanning ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liqligi taraqqiyotning asosiy mezoni. Buning uchun innovatsion ixtirolar va investitsion faoliyat muhim rol o‘ynaydi.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozovning xabar berishicha, joriy yilning 27-avgust kuni «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ hamkorligida institutning konferensiyalar zalida «Eng yetuk mashinasozlar»  viktorina ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Foto: TIQXMMI matbuot xizmati

Tadbir qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohasida buyurtmachi talablariga javob beradigan iqtidorli, qobiliyatli mutaxassislarni tanlash, ularni mahoratini oshirish hamda professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va talabalarning yangi qishloq xo‘jaligi texnikalarini mahalliylashtirish jarayonlarida qatnashish, talabalarga ta’lim olish bilan bir vaqtda ishlash imkoniyatlarini yaratib berish maqsadida o‘tkazildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring