Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda olib qochilgan «Lasetti» egasiga qaytarildi

Toshkentda olib qochilgan «Lasetti» egasiga qaytarildi

Foto: «psm.uz»

Toshkent shahri, Chilonzor 26-dahada joylashgan «Zvezda» nomli avtomashinalar yuvish shoxobchasidan Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida yashovchi O‘.B. boshqaruvida bo‘lgan, yuvish uchun qoldirib ketilgan «Lasetti» rusumli avtomashina olib qochilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, buni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida 2018-yil 24-oktyabr kuni Qizil Sharq ko‘chasida yashovchi R.R. amalga oshirgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida R.R. Bektemir tumanida joylashgan «Sharq» YPX maskanida IIB xodimlari tomonidan ushlangan. Avtomashina texnik soz holda egasiga qaytarilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring